DXX Sirdaryoda fuqaroni 35 ming dollar bilan qo‘lga oldi
DXX Yer maydonlarini noqonuniy sotayotganda ushlangan bir necha holatni e’lon qildi.
Guliston shahrida yashovchi shaxs Mirzaobod tumanidagi 32 gektar yer maydonini 35 ming AQSh dollari olgan vaqtida qo‘lga olindi.
Oltiariq tumanida yashovchi shaxs Farg‘ona tumanidagi bog‘dorchilikka ixtisoslashgan MChJga qarashli 2 gektar yer maydonini uchun 18 ming AQSh dollari talab qiladi. U so‘ralgan puldan 10 ming AQSh dollarini o‘zining jinoiy sherigi orqali olgan vaqtida ushlandi.
Yuqorichirchiq tumanidagi bog‘dorchilikka ixtisoslashgan f/x ishchisi ushbu xo‘jalikning 30 sotix yer maydonini xaridor nomiga o‘tkazib berish evaziga 7 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Chinoz tumani hokimi 40 ming, Mirishkor tumani hokimi o‘rinbosari esa 50 ming dollar bilan ushlangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter