DXX jinoyatning oldini oldi
Joriy yilning 27-avgust kuni DXX Muborak tuman bo‘linmasi, Muborak tumani prokuraturasi, IJQK departamenti Muborak tuman bo‘linmasi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Bu haqda «Nasafnews» manbasi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 1991-yilda tug‘ilgan, Muborak tumanida yashovchi fuqaro T.N. o‘ziga tegishli bo‘lmagan, Muborak tumani Zanjirsaroy shoh ko‘chasi «Bobur» MFYda joylashgan 0.5 sotix yer maydonini Muborak tumanida yashovchi T.Sh.ga 14 mln so‘mga sotayotgan vaqtida ushlangan.
Ushbu holat yuzasidan T.N.ga nisabatan O‘zbekiston Respublika Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter