Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DXX Farg‘onada ikkita tezkor tadbir o‘tkazdi

DXX Farg‘onada ikkita tezkor tadbir o‘tkazdi

Foto: Xabar.uz

DXX Farg‘ona tumanida yashovchi T.J. Qo‘qon shahrida hozirda shaxsiga aniqlik kiritilayotgan fuqarodan 152 ming 663 AQSh dollarini olib, Qirg‘iziston Respublikasiga o‘tkazish maqsadida, Farg‘ona tumanida yashovchi R.R.ga yetkazib berish uchun ketayotgan vaqtida DXX xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Shuningdek, o‘zbek-qirg‘iz davlat chegarasiga yaqin bo‘lgan Farg‘ona tumanining Mindon qishlog‘ida kutib turgan R.R. ham ushlandi.

Boshqa bir holatda esa Farg‘ona tumanida yashovchi M.Sh. Farg‘ona shahrida fuqaro A.T.dan 140 ming 54 AQSh dollarini olib, Qirg‘iziston Respublikasida istiqomat qiluvchi shaxsga yetkazib berish maqsadida «Farg‘ona-Vodil» yo‘nalishida davlat chegarasi tomon harakatlanayotgan vaqtida to‘xtatib qolindi.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, A.T. ham qo‘lga olindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring