Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyoning eng yaxshi banknotalari aniqlanadi. Qozog‘iston tengesi va Ozarbayjon manati finalda! (foto)

Dunyoning eng yaxshi banknotalari aniqlanadi. Qozog‘iston tengesi va Ozarbayjon manati finalda! (foto)

Kollaj

«Xalqaro banknotalar hamjamiyati» (IACA, AQSh) «2022-yilning eng mukammal pul belgisi» tanlovi g‘oliblarini tez orada aniqlaydi.

Tanlovga Yevropa, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Meksika, Indoneziya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Singapur, Filippin va boshqa mamlakatlarning markaziy banklari o‘z loyihalarini taqdim etdi.

39 ta loyiha orasidan finalchilar ajratib olindi, IACA hakamlari ularga ovoz berishadi, g‘oliblar 2022-yilning 22-fevral kuni e’lon qilinadi.

Finalchilar:

Eng yaxshi yangi banknota yoki seriya

  • 2000, 5000 va 20 000 kolon, B seriyali banknotalar — Kosta-Rika markaziy banki va CCL Secure
  • 50 manat, banknota — Ozarbayjon markaziy banki va G+D/Louisenthal
  • 1000 peso, G seriyali banknotalar — Meksika banki
  • banknotalar 5-seriyasi — Qatar markaziy banki va De la Rue

Eng yaxshi yangi esdalik banknotasi yoki cheklangan adaddagi banknota

  • 30 namibiya dollari, banknota — Namibiya banki va CCL Secure
  • 20 peso, G seriyali esdalik banknotasi, milliy mustaqillikning 200 yilligiga bag‘ishlangan — Meksika banki va CCL Secure
  • 20 ketsal, esdalik banknotasi — Gvatemala banki va G+D/Louisenthal
  • 75 000 rupiy, mustaqillikning 75 yilligiga bag‘ishlangan — Indoneziya banki
  • 20 dollar, 200 yillik yubiley banknotasi — Singapul pul-kredit boshqarmasi

Eng yaxshi yangi tanga yoki seriya

  • 20 peso, yangi avlod valyuta tangasi — Filippin markaziy banki
  • 20 peso, esdalik tangasi — Meksika banki
  • 200 tenge, tanga — Qozog‘iston milliy banki
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring