Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyodagi eng keksa erkak vafot etdi

Dunyodagi eng keksa erkak vafot etdi

Ispaniyaning Leon shahrida dunyodagi eng keksa erkak vafot etdi. Bu maqom ispaniyalik Saturnino de la Fuente Garsiyaga tegishli edi. Ginnesning rekordlar kitobi veb-saytiga ko‘ra, u 112 yoshga kirgan. Bu haqda La Vanguardia ma’lum qildi.

Saturnino de la Fuente Garsiya 112 yil 341 kun yashagan. U Leondagi Fleming prospektidagi uyida vafot etgan.

Ispaniyalik 2021-yil 10 sentabrda Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan edi, o‘sha paytda u 112 yoshu 211 kunlik edi.

Rekordchi 1909 yil 11 fevralda Leonda tug‘ilgan. Bo‘yi past bo‘lgani uchun u Ispaniyadagi fuqarolar urushi davrida armiyaga olinmagan.

Kasbi poyabzalchi, do‘stlari uni «Pepino» deb atashgan. Garsiya sakkiz farzandni tarbiyalagan, ulardan uchtasi hozirda hayot emas. Uning ortida 14 nevarasi va 22 chevarasi qoldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring