Floridalik baliqchilar dunyodagi eng katta baliqni tasvirga olishdi
AQShning Florida shtati Fort-Pirs tumanidagi baliqchilar qayiqlari atrofida bir muddat suzgan kattaligi 6 metrga yaqin Kit akulasini tasvirga olishdi.
Kit akulalari dunyodagi eng katta baliq hisoblanadi, deb yozmoqda «Novosti» agentligi. Ular xavfsiz bo‘lib, planktonlar bilan oziqlanadi. Ularning kattaligi 12-20 metrgacha bo‘lishi mumkin.
«Men kit akulasi haqida eshitib, bu hazil, deb o‘yladim»,-deydi mahalliy kapitanlardan biri Alek Ludakis,- «31 yil davomida men ularni faqat uch bor sohil bo‘yida ko‘rganman, bu juda kamyob hodisa».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter