Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dronlardan noqonuniy foydalanganlik uchun javobgarlik yengillashtirilyapti

Dronlardan noqonuniy foydalanganlik uchun javobgarlik yengillashtirilyapti

O‘zbekistonda dronlardan noqonuniy foydalanganlik uchun belgilangan javobgarlik yengillashtirilmoqda.

Bu boradagi hujjat loyihasi Parlament Quyi palatasidagi XDP fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida muhokama qilindi.

Ta’kidlanishicha, mamlakat hududida uchuvchisiz uchadigan apparatlar – dronlarni qonunga xilof ravishda olib kirish, sotish, sotib olish, saqlash yoki ulardan foydalanish taqiqlangan bo‘lsa-da, ushbu toifadagi jinoyatlar soni yildan yilga ko‘payib bormoqda.

Loyihaga ko‘ra, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish harakatlarini sodir etganlik uchun ma’muriy javobgarlikni nazarda tutuvchi norma bilan to‘ldirilmoqda. Shuningdek, Jinoyat kodeksining belgilangan sanksiyalariga muqobil jarima, axloq tuzatish ishlari, ozodlikni cheklash kabi jazo turlari kiritilmoqda.

Yig‘ilishda qizg‘in muhokamalardan so‘ng, qonun loyihasi fraksiya a’zolari tomonidan ma’qullandi.

Ma’lumot uchun, amaldagi Jinoyat kodeksiga ko‘ra, Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish 3 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring