Dortmundning «Borussiya» klubi Olmaliqda tug‘ilgan futbolchini sotib oladi
Jurnalist Fabritsio Romanoning yozishicha, Dortmundning «Borussiya» klubi «Shtuttgart»dan Valdemar Antonni sotib oladi.
Dortmund klubi Germaniya terma jamoasi himoyachisi uchun 22 mln yevro tovon pulini to‘laydi — transfer jarayonidan «Shtuttgart» xabardor.
27 yoshli futbolchi yangi jamoasi bilan 4 yillik shartnoma imzolaydi. Barcha tafsilotlar kelishib olingan.
Bundesliganing 2023/24-yilgi mavsumida Anton 33 o‘yin o‘tkazib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Ma’lumot uchun: Valdemar Anton 1996-yilda O‘zbekistonning Olmaliq shahrida tug‘ilgan. Keyinchalik ular Germaniyaga ko‘chib ketishgan. Antonning aytishicha, bobosi va buvisi o‘zbekcha gaplashishgan, ota-onasi va Valdemar ruscha va nemischa gaplashishadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter