Dorilarni retseptsiz sotganlik uchun jarima solinishi mumkin
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 178-moddasi yettinchi qismiga tegishli tuzatishlarni kiritish taklif qilinmoqda, deb xabar bermoqda «Norma.uz».
Qonun loyihasi muhokama qilish uchun QHTBT portalida joylashtirilgan.
Ushbu norma dispozitsiyasiga yana ikkita huquqbuzarlikni kiritish taklif qilinmoqda:
- retsept bo‘yicha beriladigan dori vositalarini bemorga retsept rasmiylashtirmay tayinlaganlik;
- retsept bo‘yicha beriladigan dori vositalarini dorixonalarda retseptsiz sotganlik.
Bu fuqarolarga – EKIHning 1 baravaridan 3 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa EKIHning 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Retseptsiz beriladigan dori vositalari ro‘yxati mavjud. Ro‘yxat Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan har yili yangilab boriladi. Ayni paytda unda 188 ta monopreparat va 1085 ta majmuaviy preparat bor. Ushbu ro‘yxatda qayd etilmagan barcha dori vositalarini dorixonalar faqat retsept bo‘yicha sotishlari kerak.
Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter