Dollarga qo‘shilib, yevro kursi ham pastladi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 17 iyuldan e’tiboran xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Dollarning kursi o‘tgan haftaga nisbatan 25.61 so‘mga tushdi va 7787.81 so‘mni tashkil qildi. Yevro kursi ham 76.80 so‘mga pastladi va 9100.06 so‘m bo‘ldi. 1 Rossiya rubli esa 0.35 so‘mga qimmatladi. Uning kursi ayni paytda 124.54 so‘mni tashkil etmoqda.
Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter