Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Dollarchi»larga qarshi reyd o‘tkazildi

«Dollarchi»larga qarshi reyd o‘tkazildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIBB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan Q.Sh., M.M. va D.K. jami 6 400 AQSh dollarini fuqaro A.A.ga 79,7 mln so‘mga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Xiva tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan D.K. jami  4 000 AQSh dollarini fuqaro Q.R.dan 49,5 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Samarqand shahar bo‘lim tomonidan IIB va Milliy Gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan A.J. jami 3 500 AQSh dollarini fuqaro D.X.ga 43,5 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Yakkabog‘ tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan T.M. va A.R. jami 3 000 AQSh dollarini fuqaro N.S.ga 37,4 mln so‘mga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring