Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dollar mustahkamlanishining yangi davri boshlanmoqda — Goldman Sachs

Dollar mustahkamlanishining yangi davri boshlanmoqda — Goldman Sachs

Foto: LiteFinance

Dollar mustahkamlanishining yangi davri boshlanmoqda, bu haqda Bloomberg agentligi Goldman Sachs strateglari prognoziga asoslanib xabar berdi.

Goldman Sachs mutaxassislari dollar 2022-yil oxiridagi cho‘qqisidan so‘ng ikki yil davomida yengil qadrsizlanishini prognoz qilishgandi. Endi ular AQSh valyutasining mustahkamlanishini kutishmoqda.

Yangi prezident Donald Trampning yuqori bojlarni joriy etish rejasi dollar mustahkamlanishida muhim rol o‘ynaydi. AQSh iqtisodiyotining shiddatli rivojlanishi va uning aktivlari qiymati oshishi bilan yonma-yon tariflar o‘sishi «dollar uchun kuchli kombinatsiya» hisoblanadi, deb yozishmoqda Goldman Sachs strateglari.

Bank tahlilchilari kelgusi 12 oyda yevro $1,03 gacha kuchsizlanishini kutishmoqda. Yapon valyutasi esa 1 dollar uchun 159 iyenagacha pasayadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring