Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Do‘kondan 15 million so‘m pulni o‘margan shaxs ushlandi

Do‘kondan 15 million so‘m pulni o‘margan shaxs ushlandi

Farg‘ona viloyati Rishton tumanida savdo do‘kondan 15.000.000 so‘m pullarni o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Rishton tumani «Yoshlik» mahalla hududida yashovchi A.A IIBga murojaat qilib, unda 2023 yilning 21 iyun kuni noma’lum shaxs yashash xonadoni yonida joylashgan savdo do‘koni eshik oynasini sindirish yo‘li bilan g‘ayriqonuniy ravishda kirib, do‘kon kassasidan 15.000.000 so‘m pullarni yashirin ravishda o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tadbirlar natijasida, ushbu jinoyatni H.O sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring