«Dok-1 Maks»ni ishlab chiqargan kompaniyaning barcha dorilari savdosi to‘xtatildi
30 dekabrdan boshlab Hindistonning Marion Biotech kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan va yurtimizda ro‘yxatdan o‘tkazilgan barcha turdagi dori vositalarining savdosi vaqtinchalik to‘xtatildi.
Marion Biotech tomonidan ishlab chiqarilgan «Dok-1 Maks» dori vositasi tarkibida qo‘shimcha yot moddalar aniqlanganligi bois, hozirda ushbu kompaniyaning boshqa mahsulotlari ham chuqur laborator tekshiruvlaridan o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, ushbu preparat qo‘llanishi sabab shu vaqtga qadar O‘zbekistonda 20 nafar go‘dak vafot etdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter