Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Diqqat, qidiruv! Ayolning topilishida ko‘maklashganlarga o‘n million so‘m mukofot!

Diqqat, qidiruv! Ayolning topilishida ko‘maklashganlarga o‘n million so‘m mukofot!

Ushbu fuqaroning topilishida ko‘maklashgan shaxslar o‘n million so‘m bilan mukofotlanadi. Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Guliston shahar, 3-mavze, Bog‘ishamol mahallasi, Quruvchilar ko‘chasi, 6/11-uyda yashagan 16.04.1962 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, vaqtincha ishsiz Xolboyeva Bashorat Solibekovna 2023 yil 22 iyun kuni uyidan chiqib ketib bedarak yo‘qolgan.

Alohida belgilari: bo‘yi 160 sm atrofida, qosh ko‘zlari qora rangda, sochlari kalta qora rangda, iyagida qora xoli bor, egnida pushti gulli chit ko‘ylagi bo‘lgan, oyog‘ida shippak bo‘lgan.

Ushbu shaxs haqida ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolardan quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishlari so‘raladi.

Tel: 102, 99-477-20-60, 97-121-55-05, 97-245-05-77, 91-507-00-55, 67-225-44-86, 78-221-02-72

Xabar bergan shaxslarning shaxsiga oid ma’lumotlar sir saqlanishi kafolatlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring