Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Digital Holding O‘zbekistonda o‘z faoliyatini boshlamoqda

Digital Holding O‘zbekistonda o‘z faoliyatini boshlamoqda

2021-yil, 29-sentyabr. «USM Telecom» va MegaFon o‘zbekistonlik sheriklari bilan birgalikda Digital Holding qo‘shma korxonasi tuzish bosqichini yakunlashdi. Bugun O‘zbekiston davlat aktivlarini boshqarish agentligida qo‘shma korxona tuzish bo‘yicha yakuniy hujjatlar to‘plami imzolandi. Digital Holding kompaniyasiga ilgari Ucell bosh direktori lavozimini egallagan Vladimir Kravchenko rahbarlik qiladi.

Vladimir Kravchenko

Digital Holding Markaziy Osiyodagi eng yirik telekommunikatsiya bozorida texnologik yetakchiga aylanishni maqsad qilgan. Kompaniyaning faoliyati O‘zbekiston Respublikasida telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va sifatini yaxshilashga, xususan xalqaro standartlarga mos raqamli infratuzilmani shakllantirish, shuningdek maʼlumotlarini saqlash va qayta ishlash, raqamli markirovka va alohida turdagi tovarlar harakatini nazorat qilishda ilg‘or texnologiyalar va tizimlarini joriy etishga qaratilgan bo‘ladi.

Qo‘shma korxona tarkibi Ucell aloqa operatorining 100% ustav kapitali, USM sho‘ba korxonalari — CRPT Turon va ICS Holding Uzbekistan’ni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, Rossiya tomoni Digital Holding kompaniyasini rivojlantirish uchun 100 million dollar sarmoya kiritadi. Qo‘shma korxonaning 51% ulushi MegaFon va «USM Telecom» qo‘shma korxonasi «Digital Invest»ga, 49% esa O‘zbekiston Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga tegishli bo‘ladi.

Ucell (COSCOM MCHJ)ning yangi bosh direktori lavozimiga ilgari Rossiyada MegaFon’ning mintaqaviy rivojlanish bo‘yicha direktori lavozimida ishlagan Аndrey Shishkovskiy tayinlandi.

ICS Holding Uzbekistan kompaniyasini Аndrey Maygur boshqaradi.

Аnatoliy Bachikalov CRPT Turon bosh direktori lavozimini saqlab qoladi.

"Digital Holding" qo‘shma korxonasining yaratilishi «MegaFon» OАJ singari kuchli o‘yinchining bozorga kelishi ilg‘or texnologik yechimlar joriy etilishiga xizmat qiladi. Mamlakat rahbariyati tomonidan soha oldiga iqtisodiyot tarmoqlari raqamli transformatsiyasi, xususan mobil aloqani kelgusida rivojlantirish bo‘yicha katta vazifalar qo‘yilgan.

Raqamli iqtisodiyot iqtisodiy o‘sishning asosiy boshqaruvchi kuchi sifatida belgilangan. Shuning uchun mobil aloqa va internet xizmatlari sifatini oshirish, elektron tijorat tizimlari, raqamli xizmatlar va dasturiy mahsulotlarni rivojlantirishni jadallashtirish ko‘zda tutilmoqda», - deydi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri maslahatchisi Olimjon Umarov.

«Ishonchim komilki, MegaFon va sheriklarimiz «IKS Holding» va ITRM ekspertizasi, shuningdek qo‘shma korxona tashkil etish bosqichida shakllangan professional guruh xoldingga mamlakatda yetakchi o‘rinlarni egallashga va ham abonentlarga, ham ishbilarmonlarga eng ilg‘or texnologiyalarni taklif qilish imkonini beradi. MegaFondan biz o‘zbekistonlik hamkasblarimizga o‘z tajribamiz, texnologiyalarimiz va muvaffaqiyatli keysimizdan to‘liq foydalanish imkoniyatini taqdim etamiz», - dedi MegaFon bosh direktori Xachatur Pombuxchan.

«USM Telekom» — USM xolding kompaniyasining raqamli bo‘linmasi. MegaFon telekommunikatsiya operatori va «IKS Holding» IT guruhini 100% nazorat qiladi. «YueSeM Telekom»ning asosiy egalari USM (aksiyalarning 80%), Ivan Streshinskiy (10%) va Аnton Cherepennikov (10%).

MegaFon - butun Rossiya raqamli imkoniyatlar operatori va Ookla xalqaro kompaniyasining Rossiyadagi mobil Internetning eng yuqori tezligi uchun beriladigan mukofoti besh karra sohibi. Kompaniya IT va telekommunikatsiya sohalarini birlashtiradi, mobil va statsionar aloqa, Internetga mobil va keng polosali ulanish, raqamli televideniye va OTT video kontenti, innovatsion raqamli mahsulotlar va servislar uchun xizmatlar ko‘rsatadi. Kompaniyaning Rossiyadagi xizmatlaridan 72 million mijoz foydalanadi.

«IKS Holding» — Rossiyaning ko‘p tarmoqli IT-guruhi bo‘lib, beshta subholding — YADRO, Nexign, «Sitadel», «Kriptonit» va «Forpost»ni — o‘zida birlashtirgan 30ta kompaniya kiradi. «IKS Holding» faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari — yirik korxonalarni raqamli transformatsiya qilish, axborot xavfsizligi, maʼlumotlarni saqlash tizimida axborot xavfsizligi, kriptografiya va kvant hisoblash, mashinasozlik va neyron tarmoqlari, blokcheyn texnologiyalari va sunʼiy intellekt. Holding telekommunikatsiya operatorlari uchun eng yirik IT-provayder hisoblanadi va Rossiyaning eng yirik IT - ishlab chiqaruvchilari reytingida 3-o‘rinni egallaydi.

Ilg‘or texnologiyalarni rivojlantirish markazi (ITRM) raqamli iqtisodiyotda keng ko‘lamli loyihalarni amalga oshirish uchun yaratilgan. ITRM USM (50%), Rostex (25%) va «Elvis-Plus Group» (25%) qo‘shma loyihasi sanaladi. ITRM Rossiyada tovarlarni raqamli markirovkalash va kuzatib borish uchun davlat axborot tizimini yaratadi. Davlat-xususiy sheriklik formatida yaratilgan CRPT Turon tajribalar natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida markirovka tizimining operatori sifatida belgilangan.

Ucell - GSM, UMTS, LTE va 5G standartlaridagi uyali aloqa operatori bo‘lib, O‘zbekiston uyali aloqa bozorida yetakchi sanaladi. Kompaniyaning xizmatlaridan 8 million abonent foydalanadi. 2021-yil

1-avgust holatiga ko‘ra, aholi punktlarida qamrov 97,8% (GSM); 73,2% (UMTS); 73,4% (LTE). Ucell - 5G standartini O‘zbekistonda ilk bor sinab ko‘rgan kompaniya.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring