Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Deputat «Tashabbusli budjet»dagi ovoz berishni cheklashni taklif qildi

Deputat «Tashabbusli budjet»dagi ovoz berishni cheklashni taklif qildi

Deputat Gulbahor Saidg‘aniyeva «Tashabbusli budjet» loyihasidagi ovoz berish jarayonini cheklash, ya’ni bir odam bir marta va o‘z yashash hududida ovoz berishi kerakligini aytgan.

«OneID tizimiga o‘tishni taklif qilaman. Bir fuqaro 50 ta sim-kartasi bo‘lsa ham, bir martadan ortiq ovoz bera olmasligi va bitta hududda yashovchi fuqaro boshqa hudud uchun ovoz bera olmasligini ta’minlovchi tizim ishlab chiqishni taklif qilmoqchiman», degan deputat.

Uning aytishicha, 2 ming kishi yashaydigan joylarda 10 mingdan ortiq ovoz yig‘ilgani sun’iy ovoz berish bo‘lib qolgan va bu ko‘pchilikning e’tirozlariga sabab bo‘lgan. Bunga javoban Moliya vaziri Timur Ishmetov quyidagicha javob bergan:

«Nima haqqingiz bor mening ovozimni cheklashga? Men o‘zimning Mirobod tumanimda birorta loyihaga ovoz bermaganman, lekin o‘sha Mo‘ynoqdagi loyihaga ovoz berdim. Bu — mening ovozim», degan vazir.

Eslatib o‘tish kerak, shu yilning fevral-mart oylari davomida o‘tkazilgan tashabbusli budjet jarayonlarida fuqarolarning faol ishtirokini inobatga olgan holda 2 215 ta loyiha g‘olib deb topilgan edi. Ularning qatoriga 2 mingdan ortiq ovoz (jami 480 mingdan ortiq ovoz) to‘plagan, lekin g‘olib deb topilmagan 139 ta loyiha ham qo‘shilgandi.

Ma’lumot uchun: 2022 yilning birinchi choragida o‘tkazilgan tashabbusli budjetlashtirish jarayoni natijalari bo‘yicha fuqarolar tomonidan bildirilgan 2 215 ta loyiha g‘olib deb topilgan va ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan 1,1 trillion so‘m mablag‘ ko‘zda tutilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring