Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davlat xaridlarini amalga oshirishda ekologik mezonlar joriy etiladi

Davlat xaridlarini amalga oshirishda ekologik mezonlar joriy etiladi

Joriy yil 18-iyun kuni Hukumatning 371-sonli «Yashil» davlat xaridlarini qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, davlat xaridlarini amalga oshirishda «yashil» davlat xaridlari tizimi joriy etiladi hamda «yashil» davlat xaridlari ulushi 2030-yilgacha bosqichma-bosqich 30 foizga yetkaziladi.

2026-yil 1-yanvardan davlat xaridlarini amalga oshirishda ekologik mezonlar eng yaxshi takliflarni tanlash va tenderlardagi xarid qilish hujjatlariga majburiy tartibda kiritiladi.

Bunda:

  • ekologik markirovkalash hujjatining har bir turi uchun to‘plangan ballarning 5 foizi miqdorida qo‘shimcha ball beriladi;
  • ishtirokchi taklifining ushbu mezonlarga mos kelmasligi ishtirokchini xarid qilish tartib-taomilidan chetlatish uchun asos bo‘lmaydi.

Bundan tashqari, davlat buyurtmachilarining 2026-yil uchun davlat xaridi bilan bog‘liq xarajatlarda «yashil» davlat xaridlari ulushini kamida 15 foizga yetkazishi, ushbu ko‘rsatkichni har yili kamida 5 foizga oshirib borish bo‘yicha choralar ko‘rishi belgilandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring