Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dauletmurat Tajimuratovning appelyasiyasi qanoatlantirilmadi: jazo muddati o‘zgarishsiz qoldi

Dauletmurat Tajimuratovning appelyasiyasi qanoatlantirilmadi: jazo muddati o‘zgarishsiz qoldi

Joriy yil 31-yanvar kuni, Buxoro viloyat sudi binosida 2022-yilning 1-2-iyul kunlari Nukus shahridagi ommaviy  tartibsizliklarni sodir etganlikda ayblanayotgan 22 nafar sudlanuvchiga, jumladan, ushbu jinoyat ishida asosiy ayborlardan biri bo‘lgan Dauletmurat Tajimuratovga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni tugab, sud hukmi e’lon qilingan edi.

30-mart kuni esa birinchi instansiya sudining hukmi ustidan sudlanuvchilar D. Tadjimuratov va 15 kishi appelyasiya tartibida shikoyat bergan edi.

Bugun, 5 iyun kuni Oliy sudda Nukus voqealari bo‘yicha yuqoridagilarga oid jinoyat ishi yuzasidan keltirilgan apellyasiya shikoyatini ko‘rib chiqish yakuniga yetdi.

Unga ko‘ra, Dauletmurat Tajimuratovning jazo muddati o‘zgarishsiz qoldirilgan. Ya’ni uning shikoyati qanoatlantirishsiz qoldirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring