Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Daniel Noboa «yangi Ekvador» qurishga va’da berdi

Daniel Noboa «yangi Ekvador» qurishga va’da berdi

Foto: El Vanguardista

Saylovdagi g‘alaba «eski Ekvador» intihosi va yangilanishlar boshlanganidan dalolatdir, dedi o‘zining inauguratsiya nutqida prezident Daniel Noboa.

«Mamlakat tarixida shunday lahzalar borki, ortga o‘girilib ular bilan doim faxrlanamiz, yana shunday lahzalar bo‘ladiki, ortga emas oldinga qarashga majburmiz. Bugun shunday kunlarning biri, ishonch bilan nimadir sodir bo‘ladi deya olamiz va u barchamizga tegishli», — dedi Daniel Noboa.

Uning siyosiy loyihasi «shunchaki saylov kampaniyasi» emas, balki yangi boshqaruv shakliga chorlovdir. «Yangi Ekvador chuqur islohotlar va aniq xatti-harakatlar yordamida quriladi. U jinoyatchilikka qarshi kurashda metin, xalqiga adolatli, faoliyati shaffofdir», — dedi Noboa.

Noboa ta’kidlashicha, hukumat tepasiga kelganining dastlabki 17 oyida jinoyatchilikka qarshi kurashishda jiddiy siljishga erishdi, oxirgi saylov natijalari buni tasdiqlaydi. «Yagona maqsad — mamlakatni qutqarish uchun qat’iy harakat qildik. Vatanimizni talashgan, toptashgan, talan-taroj qilishgandi, bu inqirozli yo‘lni o‘zgartirish uchun biz dastlabki qadamlarni tashladik», — ta’kidladi Noboa.

«Biz — ozod zaminda yashovchi ozod xalqmiz. Qadr-qimmat va taraqqiyot nihoyat tantana qiladigan mamlakatda yashashga haqlimiz», — dedi prezident so‘zining yakunida.

Ma’lumot uchun: Daniel Roy Hilkrist Noboa Asin (1987-yil 30-noyabrda AQShning Florida shtati Mayami shahrida tug‘ilgan) — ekvadorlik siyosatchi va davlat arbobi, banan sohasida tadbirkor. 2023-yilning 23-noyabridan Ekvador prezidenti. Noboa 35 yoshida prezidentlik lavozimiga kirishib, Ekvador tarixidagi ikkinchi eng yosh prezidentga aylangan. 2025-yil aprelida yangi muddatga prezidentlikka saylangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring