Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dam olish kunlari issiq harorat davom etishi kutilyapti - «O‘zgidromet»

Dam olish kunlari issiq harorat davom etishi kutilyapti - «O‘zgidromet»

Foto:«Xabar.uz»

«O‘zgidromet» kelayotgan dam olish kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. 

Bugun va dam olish kunlari xorijiy janubdan quruq va issiq havoning kirishi davom etadi, O‘zbekiston hududida ob-havo kam bulutli bo‘ladi.

Havo harorati kechasi 8-10 daraja atrofida, kunduzi 23-25 daraja bo‘ladi. Bunday harorat iqlimiy me’yordan 4-5 darajaga yuqoridir.

O‘zbekistonda oktyabr o‘rtasining ob-havosi har xil bo‘ladi.

Shunday 2012, 2016 va 2018-yillarda kechasi havo harorati ayozlargacha pasaygan, kunduzi esa termometr ustunchasi 6-8 daraja iliqdan ko‘tarilmagan.

2008, 2010, 2011, 2017-yillarda oktbr o‘rtasida eng issiq ob-havo kuzatilgan – kunduzi harorat 28-30 darajaga ko‘tarilgan. Oktyabrning shu kunlari uchun maksimal harorat rekordi 32-34 darajani tashkil etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring