Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chorsuda tilanchilik qilgan jizzaxlik ayol uy-joy va ish bilan ta’minlandi

Chorsuda tilanchilik qilgan jizzaxlik ayol uy-joy va ish bilan ta’minlandi

Bir qancha vaqt muqaddam «Feysbuk»dagi «Maslahat.uz» guruhida «Aqida Hanum» ismli foydalanuvchi Chorsudagi Ko‘kaldosh madrasasi yonida tilanchilik qilayotgan ayol muammosini ko‘tarib chiqdi.

Ma’lum qilinishicha, o‘zining to‘rt nafar bolasi bilan Jizzax viloyatining Paxtakor tumanidan kelgan Shohida ismli ayol tilanchilik bilan pul topishga majbur. Bolalarning eng kattasi — 8-10 yoshlarda bo‘lsa, eng kichkinasi emizikli go‘dak.

Foto: «Feysbuk» / «Maslahat.uz»

Post muallifi ushbu muammoni ko‘tarib chiqqan, ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama etildi. Va tabiiyki, bu mutasaddilar e’tiboridan ham chetda qolmadi.

O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi tez orada ushbu muammoga e’tibor qaratdi va bir necha kun ichida unga yechim topildi.

Foto: «Feysbuk» / «Maslahat.uz»

Ayol Jizzax viloyatining Paxtakor tumaniga olib borildi. Hokimlik ko‘magida uy-joy, ish hamda yordam puli bilan ta’minlandi.

Foto: Xotin-qizlar qo‘mitasi

Voqealar tafsiloti haqida keyinroq batafsil ma’lum qilamiz.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring