Chirchiq va Qorasuv daryolari ustida 7 ta ko‘prik quriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentda uy-joy, transport, ishxona, madaniyat, sport va ta’lim ob’yektlarini qamrab olgan zamonaviy urbanizatsiya va ilmiy yondashuvlar asosida yurtimizda ilk bor «aqlli» texnologiyalar joriy etilishini ta’kidladi.
Jumladan, eng zamonaviy ekologik transport tizimi tashkil etiladi. Yangi Toshkentda metro va elektrobuslar uyg‘unlikda harakatlanadi.
Bunda, «yashil va xavfsiz shahar»tamoyili asosida piyodalar va velosipedlarning erkin harakatlanishi uchun qulay sharoit yaratiladi. Shu maqsadda 100 ming avtomobil uchun yer osti turargohlari quriladi.
Avtomobil qatnovi uchun 14 ta zamonaviy tunnel hamda Chirchiq va Qorasuv daryolari ustida 7 ta ko‘prik bunyod etiladi.
Shuningdek, Markaziy Osiyoda ilk bor «uch-generatsiya» stansiyasi quriladi. Ya’ni, bu stansiya orqali elektr ishlab chiqariladi, binolar kuz-qishda isitiladi, yozda esa sovutiladi. Barcha elektr, aloqa tarmoqlari, gaz va suv quvurlari yer tagidan o‘tkaziladi.
Innovatsion texnologiyaga asoslangan, yuqori daromadli 200 mingta ish o‘rni yaratiladi. Buning uchun yangi texnoparklar, IT-park, ta’lim va tibbiyot klasterlari tashkil etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter