Chinozda poyezd 36 yoshli ayolni bosib ketdi
Toshkent viloyati «Chinoz-Olmazor» bekatlari oralig‘ida poyezd 36 yoshli ayolni bosib ketdi. Bu haqda Transport prokuraturasi ma’lum qildi.
Aniqlanishicha, joriy yilning 4 iyun kuni soat 06:20 da «Xovos-Toshkent» yo‘nalishidagi 6453-sonli shaharlararo elektropoyezdi «Chinoz-Olmazor» bekatlari oralig‘ida harakatlanib o‘tayotgan vaqtida 1987 yil tug‘ilgan M.S.ni (ayol) urib yuborgan. Natijada fuqaro M.S. voqea joyida vafot etgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, M.S. epilepsiya kasalligiga chalinganligi va bir necha marta uyidan chiqib ketib qolganligi holatlari aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Hozirda Toshkent transport prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter