Chexiyada poyezdlar to‘qnashdi
Chexiyaning Kdine shahri Domajlitse hududida yo‘lovchi poyezdi bilan temir yo‘llar holatini tekshirish va ta’mirlashda foydalaniladigan texnik poyezd to‘qnashishi natijasida 20 kishi shikastlandi. Bu haqda «Hospodářských noviny» gazetasi xabar berdi.
«Aktuálně» internet-nashri politsiya, o‘t o‘chirish va favqulodda xizmat xodimlariga tayanib, kamida 13 kishi jarohatlanganini ma’lum qilgan.
Hodisa Markaziy Yevropa vaqtiga ko‘ra taxminan 07:15 larda (10:15 t.v) sodir bo‘lgan.
Voqea joyida qutqaruv vertolyotlari jarohatlanganlarni shifoxonalarga yetkazmoqda.
Temiryo‘l inspeksiyasi vakili Martin Drapalning «Hospodářských noviny»ga ma’lum qilishicha, halokatga yo‘lovchi poyezdi mashinisti temiryo‘l stansiyasiga kiraverishda taqiqlovchi belgini ko‘rmay qolgani sabab bo‘lgan. Natijada u boshqa tarkibga mo‘ljallangan yo‘lda harakatini davom ettirgan va poyezdlar to‘qnashib ketgan.
Kdine — Domajlitse yo‘nalishi bo‘yicha poyezdlar harakati to‘xtatildi. Vaqtincha avtobus harakati yo‘lga qo‘yildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter