Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chet eldagi qozog‘istonliklarning 72,54 foizi «befarq bo‘lmadi»

Chet eldagi qozog‘istonliklarning 72,54 foizi «befarq bo‘lmadi»

Qozog‘istonning Toshkentdagi elchixonasida ham saylov uchastkasi tashkil etildi.

19 mart kuni Qozog‘istonda o‘tkazilgan parlament quyi palatasi va mahalliy kengashlar uchun saylovda xorijdagi 12132 nafar qozog‘istonlikdan 8800 nafari yoki 72,54 foizi ovoz berish huquqidan foydalandi. Bu haqda «Kazinform» agentligi mamlakat tashqi ishlar vazirligiga tayanib xabar berdi.

Qozog‘istonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari huzurida 77 ta uchastka saylov komissiyalari tashkil etildi. Jumladan, Qozog‘istonning Toshkentdagi elchixonasida ochilgan 267-saylov uchastkasida ham qo‘shni mamlakat fuqarolari saylash huquqidan foydalandi.

Qozog‘iston bo‘yicha ro‘yxatga olingan barcha saylovchilardan 6 509 695 nafari yoki  54,09 foizi saylovda qatnashdi.

Avval xabar berganimizdek, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, saylovda o‘z nomzodlarini ilgari surgan 7 ta partiyadan 6 tasi 5 foizlik chegarani oshib o‘tgan holda qonun chiqaruvchi idoradan o‘rin egallashi kutilmoqda. Jumladan, mamlakatdagi eng yirik  «Amanat» partiyasi 53,46 foiz ovoz yig‘ishga muvaffaq bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Beybut Atamqulov «Xabar.uz» muxbiri bilan suhbatda saylov jarayonidagi yangiliklarni sharhlagan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring