Chempionlar ligasida birinchi ayol hakam paydo bo‘ldi
UEFA Chempionlar ligasi 5-turida 3-dekabr kuni «Yuventus» (Turin) «Dinamo» (Kiyev)ni qabul qiladi. Ushbu o‘yinni nazorat qilishga Stefani Frappar boshchiligidagi fransiyalik hakamlar brigadasi jalb etildi.
36 yoshli Frapparga Hisham Zakrani va Mehdi Rahmuni maydon chiziqlarida yordamlashishadi. Zaxira hakami — Karim Obid. VARda Benua Miyo va Villi Dilajo ishlashadi.
Shu tariqa Frappar Chempionlar ligasi bosh hakami bo‘lgan ilk ayol hakam sifatida tarixga kirmoqda. Yevropa ligasi o‘yinini («Lester» — «Zarya») boshqargan ilk ayol hakam ham Stefani.
Ma’lumot uchun: Stefani Frappar — ayollar futbolidagi eng nomdor hakamlardan biri. Ayollar o‘rtasidagi jahon chempionati finali (2019-yil), Ayollar o‘rtasidagi Yevropa chempionati yarimfinali (2017-yil)da bosh hakam bo‘lgan. Erkaklar futbolidagi debyutini 2019-yili Fransiya chempionatida boshlagan, avgust oyida esa UEFA Superkubogiga bosh hakam etib tayinlangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter