Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chegarada aniqlangan egasiz ashyolarni rasmiylashtirish tartibi belgilandi

Chegarada aniqlangan egasiz ashyolarni rasmiylashtirish tartibi belgilandi

Foto: Xabar.uz

Hukumat qarori (533-son, 02.09.2020-y.) bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasida aniqlangan egasiz ashyolar to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Nizomga muvofiq, egasiz ashyo deganda Davlat chegarasining o‘tkazish punktlaridan tashqari hududda Davlat chegarasi orqali noqonuniy ravishda o‘tkazilishiga urinilgan vaqtda Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan aniqlangan egasi bo‘lmagan yoki egasi noma’lum bo‘lgan moddiy ne’matlar tushuniladi.

Egasiz ashyolar ular yuzasidan qaror qabul qilingunga qadar Chegara qo‘shinlari bo‘linmalarining maxsus omborlarida saqlanadi.

Chegara qo‘shinlari bo‘linmalarining vakolatli mansabdor shaxslari egasiz ashyo aniqlangandan boshlab 3 sutka mobaynida, tez buziladigan tovarlarga nisbatan esa 1 sutka mobaynida ekspert va baholovni tashkilotni tayinlaydi.

Ekspertiza ashyoning turiga qarab tegishli vakolatli organlar tomonidan o‘tkaziladi.

Ashyolarni egasiz deb topish to‘g‘risidagi qaror joylarda tashkil etiladigan hududiy komissiyalar tomonidan qabul qilinadi.

Egasiz ashyolar ularning iste’molga (foydalanishga) yaroqsizligi bo‘yicha xulosa olingan taqdirda, Chegara qo‘shinlari tomonidan tegishli dalolatnoma tuzilgan holda yo‘q qilinadi.

Egasiz ashyolarni rasmiylashtirish va saqlash bilan bog‘liq barcha xarajatlar Chegara qo‘shinlarining budjetdan tashqari jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring