Chaqaloqni adashib koronavirusga qarshi emlab qo‘yishdi
Chilida olti oylik chaqaloqni yanglishib koronavirusga qarshi vaksina bilan emlab qo‘yishdi. Bu haqda Chilining 24 Horas telekanali xabar bermoqda.
Ona farzandini yoshga doir rejali emlash uchun shifoxonaga olib borgan. Biroq shifokorlar unga adashib Xitoyning Sinovac kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan koronavirusga qarshi preparatni yuborishgan.
Bola shifokorlar nazoratiga olingan. Hozircha nojo‘ya reaksiyalar kuzatilmadi. Hodisadan so‘ng bolaga qanday qilib noto‘g‘ri vaksina yuborilganligini aniqlash uchun tergov harakatlari boshlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter