Chaqalog‘ini kaltaklagan ayolga nisbatan jinoiy ish ochildi
Ayol chaqalog‘ini kaltaklagani videosi muhokamalarga sabab bo‘lgandi.
Samarqand viloyati IIB matbuot kotibi Jaxongir Sagdullayev mazkur voqea 14 iyun kuni Payariq tumanida sodir bo‘lganini ma’lum qildi.
«Tumanning «Boshqo‘rg‘on» MFYda istiqomat qilib kelayotgan (1988 y.t.) ayol 2020-yilda tug‘ilgan, voyaga yetmagan farzandini davolatish uchun shifoxonaga olib borgan. U yerda stress va asabiy holatda farzandiga nisbatan ushbu harakatlarni sodir etganligi aniqlandi», — deydi IIB matbuot kotibi.
Qo‘shimcha qilinishicha, ayol ruhiy sog‘lom va hozirgi kunda o‘zining turmush o‘rtog‘i bilan yashab kelmoqda.
Holat bo‘yicha JKning 110-moddasi 2-qismi (voyaga yetmagan shaxsga nisbatan qiynash harakatlarini sodir etish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari amalga oshirilmoqda. Unga 360 soatdan 480 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi xavf solmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter