Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buzuq antenna 58 yillik jumboqning yechimini topib berdi

Buzuq antenna 58 yillik jumboqning yechimini topib berdi

Foto: «Computing»

«Xaytek» xabariga ko‘ra, avstraliyalik olimlar magnit maydon emas, balki elektr maydonidan foydalanib bir atomning yadrosini boshqarish mumkinligini tasodifan kashf qilishdi.

Ushbu masalaning nazariy yechimini 1961-yilda Nobel mukofoti laureati Nikolas Blombergen taklif etib ketgan, ammo shu paytgacha hech kim bu yechim to‘g‘ri yo noto‘g‘riligini amalda isbotlab bera olmagandi.

«Yadroviy elektrorezonans» haqida yangi ma’lumotlar Avstraliyaning Yangi Janubiy Uels universiteti (UNSW) laboratoriyasida buzuq qurilma sharofati bilan qo‘lga kiritildi. Ushbu kashfiyot olimlarga yadrolarni boshqarishning yangi bosqichiga o‘tish imkonini beradiki, shu bilan kvant kompyuterlarni ishlab chiqish ishlari jadallashib ketishi hech gap emas.

Avstraliyalik olimlar aslida yadroviy magnit rezonans bo‘yicha tajriba o‘tkazishayotgandi. Tadqiqotchilarning aniqlashicha, uning bajarilishi xuddiki bilyard stolidagi sharni qo‘zg‘atish uchun butun stolni ko‘tarishga o‘xshaydi. Shu tarzda olimlar kerakli sharni siljitishadi, ammo bir paytning o‘zida bu sharga qo‘shilib boshqalari ham siljiydi. Olimlar shu jarayonni optimallashtirishni istashayotgan va uni yanada tezlatish yo‘llarini qidirishayotgandi.

Bir nechta kutilmagan natijalardan keyin olimlar qurilma buzuq degan to‘xtamga kelishdi, chunki qurilma buzilgan antennasi tufayli yadroviy elektr rezonansini namoyon etayotgandi. Keyinchalik kompyuter modellashtirishi yordamida olimlar jamoasi elektr maydonlari fundamental darajada yadroga (yadro atrofidagi atom bog‘lamlarini buzish orqali uning yo‘nalishini o‘zgartirib) ta’sir o‘tkaza olishini isbotlab berishdi.

«Ushbu kashfiyot, tebranuvchi magnit maydonlarisiz ham, endi bizda bir atomli spinlardan foydalangan holda kvant kompyuterlar yaratish tomon yo‘l paydo bo‘lganidan dalolat beradi», — ta’kidlashdi olimlar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring