Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda xorijdan kelayotgan avtomashinada 1,5 milliard so‘mlik yashirin tovarlar borligi aniqlandi

Buxoroda xorijdan kelayotgan avtomashinada 1,5 milliard so‘mlik yashirin tovarlar borligi aniqlandi

Foto:«Xabar.uz»

Buxoro viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari «Olot» chegara bojxona postiga qo‘shni mamlakatdan kirib kelgan yuk avtomashinasida 1 milliard 540 mln so‘m bo‘lgan 2 xil turdagi «RefronR-22» hamda «Westron R-22» yozuvli freon tovarlari borligi aniqladi. O‘rnatilgan tartibda bojxona nazorati o‘tkazilayotganda ushbu freonlarning kuzatuv hujjatlarida qayd etilmagani ma’lum bo‘lgan.

Viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmatining «Xabar.uz»ga bildirishicha, «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-yanvardagi «Ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ozon bo‘lgan mahsulotlarning O‘zbekiston Respublikasiga importini tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorga muvofiq, «Refron R-22» hamda «Westron R-22» freonlari importi va eksporti Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan beriladigan ruxsatnomalar asosidagina amalga oshiriladi.

Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Laylo Hayitova

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring