Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxorodagi xususiy klinikada 11 yoshli bola vafot etdi. Holat tekshirilyapti

Buxorodagi xususiy klinikada 11 yoshli bola vafot etdi. Holat tekshirilyapti

Buxoro shahrida joylashgan xususiy klinikada tibbiy muolaja olgan 11 yoshli bola (ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarda 13 yoshli bola ekani aytilgandi, -tahr.) vafot etgan. Bosh prokuratura matbuot xizmati holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilayotganini ma’lum qildi.

Marhumning o‘lim sababini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiyot ekspertizasi hamda mas’ul shaxslarning xatti-harakatlari bo‘yicha xizmat tekshiruvi tayinlangan.

«Tekshirish davom etmoqda», – deyiladi xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro shahridagi xususiy Lor-klinikasida 13 yoshli bolaga sinovsiz igna-dori qilingani oqibatida vafot etgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring