Buxoroda Yoshlar ishlari agentligi rahbari tayinlandi
Buxoroda Yoshlar ishlari agentligi rahbari tayinlandi. Bu haqda «Xabar.uz»ga O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, Yoshlar ishlari agentligi Buxoro viloyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Ixtiyor Ziyodullayev tayinlangan.
Ixtiyor Ziyodullayev 2015-2017-yillarda «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati Buxoro tuman Kengashi, 2017-2020-yillarda esa O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Yunusobod tuman Kengashi raisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter