Buxoroda shamoldan yetgan talafotlar bo‘yicha Bosh prokuratura tekshiruv boshladi

Kecha tunda Buxoroda (soat 20:00 dan 22:30 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida) shamol 25 m/sek. tezlikda bo‘lgani aniqlangan. Bosh prokuratura matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatida viloyat bo‘yicha 5 293 ta bino, 415 ta transport vositasi, 42 400 ta daraxt talafot ko‘rgan, 295 ta tabiiy gaz va elektr ta’minotida avariyalar sodir bo‘lgan, 31 nafar shaxs turli darajada tan jarohati olgan.
Bundan tashqari, Qorako‘l va Olot tumani bilan aloqa uzilib qolganligi sababli tegishli xizmatlardan iborat guruh shakllantirilib, hodisa joyini o‘rganish va uning oqibatlarini bartaraf etish uchun yuborilgan.
Kechagi tabiiy ofat jarayonida Buxoro shahrida yashovchi 42 yoshli O‘.A. uyiga kelayotgan vaqtida uzilib tushgan elektr simiga ehtiyotsizlik bilan urilishi oqibatida halok bo‘lgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter