Buxoro viloyati hokimligi maktablar bo‘yicha yangi qaror chiqardi
Buxoro viloyati umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarida 11 yanvar kunidan an’anaviy tarzda o‘qish boshlangan edi.
Viloyat hokimligi sovuq ob-havo sharoitida ko‘pchilik ota-onalarning murojaatlarini inobatga olib, Buxorodagi barcha ta’lim muassasalarida o‘qish 16 yanvar kunidan boshlanishini ma’lum qildi.
Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar berdi.
Shuningdek, maktabgacha ta’lim maskanlari ham o‘z ishini 16 yanvardan boshlashi belgilandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter