Buxoro neftni qayta ishlash zavodi tomonidan AI-80 markali benzinning sutkalik ishlab chiqarish hajmi 2200 tonnadan 2800 tonnaga oshirilmoqda – «O‘zbekneftgaz»
![Buxoro neftni qayta ishlash zavodi tomonidan AI-80 markali benzinning sutkalik ishlab chiqarish hajmi 2200 tonnadan 2800 tonnaga oshirilmoqda – «O‘zbekneftgaz»](https://static.xabaruz.com/crop/1/1/720_460_95_1151227870.jpeg)
«O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev topshirig‘iga asosan, Buxoro neftni qayta ishlash zavodida 2021 yilga nisbatan AI-80 rusumli avtobenzinning kunlik ishlab chiqarish hajmini 2200 tonnadan 2800 tonnaga, suyultirilgan gazni esa 14 532 tonnadan 15 700 tonnaga oshirilmoqda. Bu haqda «O‘zbekneftgaz» AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Mamlakatimiz iste’molchilarini AI-80 rusumli avtobenzin va suyultirilgan gaz bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida Buxoro zavodida korxona va ishlab chiqarish sexlari rahbarlaridan «Tezkor shtab» tuzildi.
Korxonada tovar benzinlari va suyultirilgan uglevodorod gazi ishlab chiqarilishini oshirishga qaratilgan ishlar tezkorlik bilan amalga oshirilmoqda. Benzin ishlab chiqarish qurilmasi loyiha quvvatini 100 foizdan 115 foizga oshirdi.
Buxoro neftni qayta ishlash zavodida dekabr oyida qayta ishlash hajmlarini oshirishda import xom ashyolari ulushi ham 30 foizgacha oshirildi.
O‘z navbatida, Respublikamiz ichki bozorida neft-gaz mahsulotlariga ortib borayotgan talabni qondirish maqsadida ishlab chiqarilgan suyultirilgan gazni iste’molchilarga yetkazib berish nafaqat temir yo‘l vagonlari, balki yuk tashuvchi avtotsisternalarda ham amalga oshirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter