Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Bundan buyon ularga alohida jazo bor» — Kodeksga qo‘shimchalar kiritilmoqda

«Bundan buyon ularga alohida jazo bor» — Kodeksga qo‘shimchalar kiritilmoqda

Foto: «Xabar.uz»

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Yangi loyihaga ko‘ra, ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risidagi qoidalarni buzish mansabdor shaxslarga BHMning o‘n besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Shuningdek, ko‘p kvartirali tayanch va to‘siq konstruksiyalarini qonunchilik hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni buzgan holda o‘zgartirish yoki rekonstruksiya qilish, shu jumladan ko‘p kvartirali uylarda va tutash yer uchastkasida o‘zboshimchalik bilan qurilmalar qurish, fuqarolarga BHMning yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha, mansabdor shaxslarga qirq baravaridan ellik baravarigacha jarima solishga sabab bo‘ladi.

Agar ko‘p kvartirali uydagi bu qoidabuzarliklar shu jumladan, o‘zboshimcha qurilma bartaraf etilsa va bu birinchi marta sodir etilayotgan bo‘lsa fuqaro javobgarlikdan ozod etiladi.

Qonun Senatga yuborilgan.

«Demak, «dom»larni pastki qavatida tayanch ustunlarini buzvorib magazin, kafe qilayotgan, «dom»larni atrofini o‘zboshimcha o‘rab olayotganlar bundan buyon ularga alohida jazo borligini unutishmasin», deb yozadi deputat Rasul Kusherbayev.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring