Bugun Xalqaro oilalar kuni nishonlanmoqda
Bugun, 15-may kuni, jahon miqyosida Xalqaro oilalar kuni (International Day of Families) nishonlanadi.
Ushbu bayram BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1993-yil 20-sentyabrdagi Xalqaro oila yili to‘g‘risidagi rezolyusiyaga muvofiq 1994-yilning 15-mayidan buyon muntazam ravishda nishonlanib keladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi «O‘zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, 15-may har yili Xalqaro oila kuni sifatida respublika bo‘ylab keng nishonlanishi belgilab qo‘yildi.
Xalqaro oilalar kunini o‘tkazishdan maqsad jahon hamjamiyati diqqatini oilaviy qadriyatlarga va oila instituti bilan bog‘liq muammolarga qaratishdir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter