Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun respublikada yog‘inli va beqaror ob-havo kuzatiladi

Bugun respublikada yog‘inli va beqaror ob-havo kuzatiladi

Foto: Xabar.uz

Bugun O‘zbekiston bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, Samarqand, Jizzax, Toshkent viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston, Xorazm viloyatida ertalab ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin, Navoiy, Samarqand, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida ba’zida shamol 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Harorat 5-10° iliq, ba’zi joylarda 12-14° iliqgacha bo‘ladi.

Poytaxtimizda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 10-12° iliq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 0-5° iliq bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring