Bugun YeChLning dastlabki finalchisi aniq bo‘ladi

Bugun, 6-may kuni tunda Yevropa Chempionlar ligasi yarim final javob uchrashuvi doirasida Milanning «Inter» jamoasi o‘z maydonida «Barselona»ni qabul qiladi.
Jamoalarning Kataloniyadagi dastlabki uchrashuvida jangovor 3:3 hisobi qayd etilgandi. Ushbu bahsda Flik jamoasidan Kunde jarohat olgandi va bugungi bahsda fransiyalik himoyachi jamoasiga yordam bera olmaydi. Milanliklar tarkibidan ham Lautaro Martines jarohat olgandi, biroq hujumchi bugungi o‘yinni asosiy tarkibda boshlashi kutilmoqda.
Shuningdek, bugun Kundedan tashqari Levandoski va Baldelar jarohati sababli «Barselona»ga yordam bera olishmaydi. «Inter»da esa Pavar va Karbonilar jarohati bois maydonga tusha olmaydi.
Ma’lumot uchun, uchrashuvni polshalik taniqli referi Shimon Marchinyak boshqarib boradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter