Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun chang-bo‘ronlari kuzatilishi mumkin

Bugun chang-bo‘ronlari kuzatilishi mumkin

Foto: «Xabar.uz»

Gidrometeorologiya xizmati markazining xabariga ko‘ra, bugun kunduz kuni respublika bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, faqat Toshkent viloyatida kechga tomon ba’zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlari kuzatilishi mumkin, ba’zi joylarda shamol 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 32-37° bo‘ladi.

Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kechga tomon ba’zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 35-37° bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 23-28° bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring