Bugun Armanistonda parlament saylovlari bo‘lib o‘tmoqda

Bugun 9-dekabr kuni Armanistonda Milliy Majlis (parlament)ning navbatdagi saylovlari boshlandi. Bu «Gazeta.ru» xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, saylov uchastkalari mahalliy vaqt bilan 8:00 da ochilgan. Armaniston Markaziy saylov komissiyasi ikki blok, to‘qqiz partiyani qatnashish uchun ro‘yxatga olgan.
Avvalroq prezident Armen Sarkisyan parlamentni tarqatib yuborib, yangi saylovlar o‘tkazilishini ma’lum qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter