Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Bu yil qishda xalqimiz sezadi nima ishlar qilayotganimizni» —  Shavkat Mirziyoyev

«Bu yil qishda xalqimiz sezadi nima ishlar qilayotganimizni» —  Shavkat Mirziyoyev

Foto: Prezident matbuot xizmati

Tadbirkorlar bilan uchrashuvda davlat rahbari energetika sohasida qilinayotgan ishlarni aholi qishda sezishini ta’kidladi.

«Bir narsani to‘g‘ri tushunishimiz zarur. Biz ayrim mamlakatlar kabi neft-gaz resurslarini sotish hisobiga yuqori iqtisodiy o‘sishni ta’minlay olmaymiz. Shuni hammamiz bilishimiz kerak. Bizda bunaqa resurslar yo‘q. Bori ham o‘zimizga kerak. Xalqimiz ko‘payapti, chetga sota olmaymiz.

Bu borada ko‘p ishlar qilyapmiz. Xudo xohlasa bu yil qishda xalqimiz sezadi nima ishlar qilayotganimizni», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shuningdek, neftimiz ham, gazimiz ham bu – tadbirkorlar xom ashyodan yaratayotgan yuqori qiymatli va sifatli mahsulotlar ekanini alohida urg‘uladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning yanvar oyida mamlakatizda bir necha kun davom etgan anomal sovuq vaqtida energetika tizimi jiddiy muammolarga uchragan, ayniqsa, Toshkent shahridagi bir qancha ko‘pqavatli uylar qattiq sovuq sharoitida kunlab gaz, elektr va issiqlik ta’minotidan uzilib qolgandi.

«Men sovuqdan qiynalayotgan har bir oila, har bir insonning kayfiyatini, hissiyotini chuqur tashvish va iztirob bilan yuragimdan o‘tkazayapman» , - degandi o‘shanda davlatimiz rahbari.

O‘sha yig‘ilishda bir qator rahbarlar, jumladan Jahongir Ortiqxo‘jayev lavozimidan olingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring