Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bu Andersson Uzauto Motors va Uzauto Motors Powertrain bosh direktori etib tayinlandi

Bu Andersson Uzauto Motors va Uzauto Motors Powertrain bosh direktori etib tayinlandi

“O‘zavtosanoat” AJ Bu Anderssonni o‘zining eng yirik korxonalari – “UzAuto Motors” AJ va “UzAuto Motors Powertrain” AJ larning bosh direktori etib tayinladi.

Shvetsiya Harbiy Akademiyasining hamda Garvard universitetining oliy menejment programmasi bitiruvchisi, Stokgolm universitetining biznes boshqaruvi bakalavri bo‘lmish Bu Andersson avtomobilsozlik sohasidagi eng ilg‘or top-menedjer bo‘lib, avtomobilsozlik sohasidagi faoliyatini 1987 yildan Shvetsiyaning «Saab Automobile AB» kompaniyasida boshlaydi.

1993 yildan 2009 yilgacha xarid yo‘nalishida turli raxbar lavozimlarni egallagan va 2001-2009 yillarda “General Motors”ning global xarid bo‘linmasiga rahbarlik qilgan.

2009 yildan 2013 yilgacha “Gruppa GAZ” korxonasiga prezident etib tayinlanadi. Bu davrda Andersson “Gruppa GAZ” biznesini zarardan barqaror foydaga olib chiqishga erishadi.

2014 yildan 2016 yilgacha “AvtoVAZ” OAJ prezidenti etib tayinlanadi. “Gruppa GAZ”da bo‘lgani kabi, Andersson “AvtoVAZ”da ham to‘liq transformatsiyani amalga oshirdi.

“AvtoVAZ”ni tark etgach, Andersson eng yirik avtomobil butlovchi qismlarini ishlab chiqaruvchilaridan biri bo‘lgan “Yazaki Europe, Africa, North & South America” korporatsiyasiga 4 yil rahbarlik qiladi.

Adam Smit xalqaro avtomobil forumida Bu Andersson Rossiya avtomobilsozlik sanoatida “2010 yilning eng yaxshi yetakchisi” deb topiladi. 2011 yilda Andersson Yevropa avtomobilsozlik sanoatining eng muvaffaqiyatli rahbarlarini aniqlash uchun “Automotive News Europe” tomonidan har yili o‘tkaziladigan “Eurostars” mukofotida “Rivojlanayotgan bozorlar bo‘yicha Yevropa avtomobil sanoatining eng yaxshi yetakchisi” deb topiladi.

2012 yilda Bu Andersson Yevropaning avtomobilsozlik sohasidagi yetakchi nashriyoti bo‘lgan “Automotive Supply Chain”dan “GAZ Gruppasi”ni inqirozdan keyin moliyaviy holatini tiklagani va Rossiyaning yengil tijoriy vositalar bozorida kompaniyaning yetakchiligini ta’minlagani uchun “Eng yaxshi yutuqlar” mukofotiga sazovor bo‘ladi.

Bu Inge Andersson MDH mamlakatlaridagi avtomobil konsernlarini boshqarish va inqirozlar davrida erishgan muvaffaqiyatlari va katta tajribasi “UzAuto Motors” va “UzAuto Motors Powertrain” kompaniyalariga yarimo‘tkazgichlar tanqisligi va logistika muammolari bilan bog‘lik global inqirozlarini eng kam yo‘qotish bilan yengishga hamda ishlab chiqarishni rivojlantirish va modernizatsiyalashning yangi yo‘nalishini egallashga imkon beradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring