Britaniyaga «Franklin» to‘foni yopirildi (foto)
Buyuk Britaniyaga «Franklin» to‘foni yopirildi, qattiq shamol daraxtlarni ildizi bilan sug‘urib tashlayapti, ba’zi joylarni suv bosmoqda. Bu haqda BBC xabar berdi.
Shimoliy Irlandiyaning ayrim tumanlarini kuchli sel bosdi, Angliya, Shotlandiya va Uelsda ham suv toshqinlari xavfi saqlanib turibdi.
«Franklin» uch kishining o‘limiga sabab bo‘lgan va 1,4 milliondan ortiq uyni elektrsiz qoldirgan «Yunis» to‘foni ortidan, bir necha kun o‘tib, kirib keldi.
Meteoxizmat Britaniyaning turli qismlariga har xil ogohlantirishlar yubordi. Eng kuchlisi — sarig‘i Shimoliy Irlandiyaga yo‘llandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter