Britaniyadagi 2 millionga yaqin xonadon qishdan «amallab» chiqib olmoqchi
Buyuk Britaniyadagi 1,7 milliondan ortiq xonadonlarning egalari kelayotgan qishda uylarini isitmasliklarini ma’lum qilishdi. Natijalar Opinium o‘tkazgan so‘rovda ma’lum bo‘ldi.
Shu tariqa tejamkorlik qilib, uyini isitmaslikka qaror qilganlar soni bir yilda ikki baravar ko‘paydi — 972 ming xonadon o‘tgan qishdan shu tariqa chiqib olgandi. Yana bir millionga yaqin xonadon «ozroq tejamkorlik» qilib to dekabrgacha issiqlikni yoqmasligini ma’lum qilgan.
Britaniyadagi qariyb 6 mln xonadon o‘tgan hafta salqin tushganidan so‘ng uyini isitishni boshlagan. Ko‘pchilik esa istitish mavsumini 6-oktyabrdan boshlash niyatida.
So‘rov natijalariga ko‘ra, bu yil britan xonadonlaridagi istish vositalari — termostatlar o‘rtacha harorati 19,4°C darajaga qo‘yiladi (o‘tgan yili 19,3°C edi). Energy Saving Trust ma’lumotiga ko‘ra, isitish qurilmasining pasaytirilgan har bir darajasi evaziga xonadonlar elektrdan sarfini 10 foizdan tejashi mumkin, ammo isitgichni 18°C dan past qo‘yish tavsiya etilmaydi.
To‘rt millionga yaqin xonadon termostatlarini 22°C dan yuqori qilib qo‘yishini ma’lum qilgan, oilalarning 43 foizi esa sovuq o‘ta zabtiga olganidagina uylarini isitishlarini bildirishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter