Braziliya terma jamoasi «JCh-2018»da g‘alaba qozonsa, har bir o‘yinchi 1 million dollardan oladi

Braziliya futbol konfederatsiyasi mamlakat terma jamoasi Rossiyada o‘tadigan jahon chempionatida g‘olib chiqsa, har bir o‘yinchiga 1 million dollar miqdorida pul mukofoti berilinini e’lon qildi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
«Folha de S.Paulo» nashri ma’lumotiga ko‘ra, terma jamoa murabbiylariga ham shunchadan pul va’da qilingan.
Va’da qilinayotgan mukofot puli jahon chempionatlari tarixidagi eng ko‘p summadir. 2014 yilgi jahon chempionatida Braziliya futbol konfederatsiyasi mamlakat terma jamoasiga jami 35 million dollar va’da qilgan, ammo jamoa yarim finalda nemislarga (1:7), 3-o‘rin uchun kechgan bahsda hollandlarga (0:3) yutqazib, medallardan quruq qolgan edi.
Rossiya maydonlarida Braziliya jamoasi Shveysariya, Kosta-Rika va Serbiya jamoalari bilan bir guruhda bellashadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter