Bozorlardagi narxlar: kartoshka qimmatlashib bormoqda
Davlat statistika qo‘mitasi hududiy markaziy dehqon bozorlarida o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, kartoshka narxlarini 8 ming so‘mgacha qimmatlashganini ko‘rish mumkin.
2021-yil 27-oktyabr holatiga ko‘ra:
Suyakli mol go‘shti (1 kg) - 45000 – 68000 so‘m;
Qo‘y go‘shti (1 kg) - 52000 – 80000 so‘m;
Kartoshka (1 kg) - 2800 – 7000 so‘m;
Piyoz (1 kg) - 1200 – 3500 so‘m;
Sabzi (1 kg) - 1500 – 8000 so‘m;
Tuxum (10 dona) - 7000 – 15000 so‘m;
Guruch (1 kg) - 5000 – 17 500 so‘m;
O‘simlik yog‘i (1 l) - 14000 – 24000 so‘m;
Shakar (1 kg) - 7500 – 9500 so‘mni tashkil etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter