Bozorlardagi narxlar: kartoshka bir oyda 1500 so‘mgacha qimmatladi
Davlat statistika qo‘mitasi hududiy markaziy dehqon bozorlarida o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini e’lon qildi.
2021-yil 13-oktyabr holatiga ko‘ra:
Suyakli mol go‘shti (1 kg) - 45000 – 68000 so‘m;
Qo‘y go‘shti (1 kg) - 52000 – 80000 so‘m;
Kartoshka (1 kg) - 2500 – 6500 so‘m;
Piyoz (1 kg) - 1200 – 3500 so‘m;
Sabzi (1 kg) - 2000 – 9000 so‘m;
Tuxum (10 dona) - 6000 – 14000 so‘m;
Guruch (1 kg) - 5000 – 17 500 so‘m;
O‘simlik yog‘i (1 l) - 14000 – 24000 so‘m;
Shakar (1 kg) - 7500 – 9000 so‘mni tashkil etmoqda.
Qayd etish joizki. 16-sentyabr kuni taqdim etilgan ma’lumotlarda bir kg. kartoshka narxi 5000 so‘mgacha ko‘rsatilgan. Demak bir oy ichida ushbu mahsulot narxi 1500 so‘mgacha qimmatlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter